Tirnoq servisi yo‘nalishida ishtirokchilar qo‘l va tirnoqlarni parvarish qilish hamda manikyur bajarish orqali o‘z kasbiy mahoratini namoyish etadilar. Ishtirokchilar tirnoq plastinasini tayyorlash, manikyur texnikalarini bajarish, gel-lak qoplamasini to‘g‘ri qo‘llash va tirnoqlarni badiiy bezash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Tanlov davomida manikyur sifati, qoplamaning tekisligi, dizaynning aniqligi, tirnoqlarning umumiy ko‘rinishi va estetikasi baholanadi. Shuningdek, ishtirokchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi hamda asbob-uskunalardan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanishi muhim hisoblanadi.
Ma'lumotlar tanlo‘v o‘tkazilish kunidan 2 xafta oldin e'lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
International inclusive Hub
Ziyo Forum
Savollaringiz bo'lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin!
100164, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Muminov ko'chasi, 4/1-uy
info@abilympics.uz
+998 71 202-48-48