Tikuvchilik yo‘nalishida ishtirokchilar kiyim yoki mato buyumlarini tikish orqali o‘z kasbiy mahoratini namoyish etadilar. Ishtirokchilar mato bilan ishlash, andaza bo‘yicha detallarni tayyorlash, tikuv mashinasida va qo‘lda turli tikuvlarni bajarish hamda buyumni to‘g‘ri yig‘ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Tanlov davomida buyumning tikilish sifati, tikuvlarning tekisligi, detallarni to‘g‘ri birlashtirish, umumiy ko‘rinish va estetikasi baholanadi. Shuningdek, ishtirokchilarning tikuv uskunalaridan to‘g‘ri foydalanishi, ishni tartibli va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajarishi muhim hisoblanadi.
Ma'lumotlar tanlo‘v o‘tkazilish kunidan 2 xafta oldin e'lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
International inclusive Hub
Ziyo Forum
Savollaringiz bo'lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin!
100164, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Muminov ko'chasi, 4/1-uy
info@abilympics.uz
+998 71 202-48-48