Matoga igna va ip yordamida bezak berish, milliy va zamonaviy uslublarda naqsh tushirish hamda kiyim va interyer buyumlarini bezash
Kashtachilik yo‘nalishida ishtirokchilar matoga igna va ip yordamida turli naqsh va bezak elementlarini yaratish orqali o‘z mahoratini namoyish etadilar. Ishtirokchilar kashta tikish sxemalari bilan ishlash, ranglarni uyg‘un tanlash hamda turli bezak tikuvlaridan foydalanib estetik va sifatli ish bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ishni toza va aniq bajarishi, tikuvlarning tekisligi, naqsh elementlarining to‘g‘ri joylashuvi hamda umumiy badiiy ko‘rinishi baholanadi. Shuningdek, ish jarayonida materiallar va asboblar bilan to‘g‘ri ishlash hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhim hisoblanadi.
Ma'lumotlar tanlo‘v o‘tkazilish kunidan 2 xafta oldin e'lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
International inclusive Hub
Ziyo Forum
Savollaringiz bo'lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin!
100164, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Muminov ko'chasi, 4/1-uy
info@abilympics.uz
+998 71 202-48-48