Floristika yo‘nalishida ishtirokchilar tirik va dekorativ o‘simliklardan foydalanib turli floristik kompozitsiyalar yaratish orqali o‘z ijodiy mahoratini namoyish etadilar. Ishtirokchilar gullar va o‘simlik materiallarini to‘g‘ri tanlash, kompozitsiya tuzish, ranglar uyg‘unligini saqlash hamda floristik texnikalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Tanlov davomida kompozitsiyaning badiiy ko‘rinishi, shakl va rang uyg‘unligi, elementlarning to‘g‘ri joylashtirilishi hamda ishning umumiy estetikasi baholanadi. Shuningdek, ishtirokchilarning materiallar bilan ehtiyotkor ishlashi, kompozitsiyani mustahkam va tartibli yig‘ishi ham muhim ahamiyatga ega.
Ma'lumotlar tanlo‘v o‘tkazilish kunidan 2 xafta oldin e'lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
International inclusive Hub
Ziyo Forum
Savollaringiz bo'lsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin!
100164, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Muminov ko'chasi, 4/1-uy
info@abilympics.uz
+998 71 202-48-48